2018-yilgi F4 Britaniya chempionati Birlashgan Qirollik boʻylab oʻtkazilgan Formula 4 ochiq gʻildirakli, bir oʻrindiqli avtopoyga boʻyicha koʻp bosqichli chempionat hisoblanadi. Chempionat dacomida professional avtopoyga jamoalari va xususiy mablagʻ bilan taʼminlangan poygachilar chempionatning texnik reglamentiga mos keladigan Formula 4 avtomobillarida bellashdilar. Bu, Britaniya Formula Ford chempionatidan keyingi toʻrtinchi mavsum, FIAning Formula 4 qoidalari asosida oʻtkazilgan toʻrtinchi yili boʻldi. TOCA asosiy tashkilotlardan biri boʻlib, u Britaniya avtomobillar chempionati markazi atrofida tashkil etilgan keng koʻlamli qoʻllab-quvvatlash toifalari dasturining bir qismini tashkil etdi.
Mavsum 7-aprel kuni Brands Hatchda-Indy avtodromida boshlandi va 30-sentyabr kuni shu joyda Gran-pri sxemasidan foydalangan holda yakunlandi. Musobaqa davomida oʻnta bosqich, oʻttizta poyga oʻtkazildi[1]. 2018-yilgi F4 Britaniya chempionati bosh sovrinini Double R Racing jamoasi poygachisi Kiern Jewiss qoʻlga kiritdi. Ikkinchi oʻrinni Ayrton Simmons 374 ball bilan qoʻlga kiritgan boʻlsa, kuchli uchlikka 339 ball bilan Johnathan Hoggard yakun yasadi. Jamoalar oʻrtasidagi bahslarda TRS Arden Junior Racing Team jamoasi mutlaq yetakchilik qilib 837 ball toʻpladi va F4 Britaniya chempionatining ushbu mavsumi gʻolibligini qoʻlga kiritdi. Double R Racing jamoasi 798 ball bilan ikkinchi oʻrinni egalladi.